TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Kerakli ma’lumotga tezroq

Nimani izlayapsiz?

Yangilik, kurs nomi yoki hujjat bo‘yicha qidiring.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga tashrif

2026 yil 4-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Рedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” yo’nalishi tinglovchilari “Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Аbdugʼanievich Karimov hayoti va faoliyati haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo’lish maqsadida, professor Ismoil Saifnazarov tashabbusi bilan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Dastlab muzey “Oqsaroy rezidensiyasi” nomi bilan tanilgan. Bu hashamatli saroyning muzeydan tashqari, kutubxona va o‘quv zali, shuningdek, unda smart ekranlar o‘rnatilgan, ularning yordami bilan Islom Karimov hayotidan qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati bo’ldi.

“Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning maʼnaviy asoslari” moduli asosida tashkil etilgan sayyor amaliy mashgʻulot tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi!