







2026-yil 6-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari” moduli doirasida “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida sayyor mashg‘ulot tashkil etildi.
Professor I. Saifnazarov rahbarligida “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” hamda “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishlari tinglovchilari ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulot “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida tinglovchilarga xalqimiz tarixidagi qatag‘on yillari, uning ayanchli oqibatlari, millat ravnaqi yo‘lida qurbon bo‘lgan ziyolilar va ma’rifatparvarlarning hayoti hamda faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Muzey ekspozitsiyalari bilan tanishish jarayonida tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosiga hurmat va mustaqillikning qadriga yetishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Mazkur sayyor mashg‘ulot tinglovchilarning tarixiy tafakkurini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
