


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tahsil olayotgan oktabr oyi Menejment yo‘nalishi tinglovchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari amaliy jarayonlar bilan boyitildi.
📍 20-oktabr kuni “Zamonaviy menejment yutuqlari” moduli doirasida tinglovchilar NUR-TEX korxonasiga ko‘chma mashg‘ulot tashkil etishdi.
Tashriflar davomida tinglovchilar korxonalarning boshqaruv faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy menejment yondashuvlari hamda amaliy boshqaruv tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.
