


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tahsil olayotgan oktabr oyi Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi tinglovchilari uchun ham amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
📍 23-oktabr kuni esa “Odil Audit” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida navbatdagi ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.
Tashriflar davomida tinglovchilar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, amaliy ish jarayonlari, moliyaviy hisobotlarni yuritish, auditorlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hamda sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
