TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Kerakli ma’lumotga tezroq

Nimani izlayapsiz?

Yangilik, kurs nomi yoki hujjat bo‘yicha qidiring.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga tashrif

2026-yil 22-sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tahsil olayotgan “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi tinglovchilari uchun ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.

📍 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.

Ko‘chma mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar iqtisodiyotning dolzarb muammolari, zamonaviy makroiqtisodiy siyosat, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.