


2026-yil 21–sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tahsil olayotgan “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi tinglovchilari uchun ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.
📍 “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
Ko‘chma mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar iqtisodiyotning dolzarb muammolari, zamonaviy makroiqtisodiy siyosat, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
