TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Kerakli ma’lumotga tezroq

Nimani izlayapsiz?

Yangilik, kurs nomi yoki hujjat bo‘yicha qidiring.

Xalqaro hamkorlik — zamonaviy ta’lim va yuqori sifatli mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

🌍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida ta’lim jarayonini xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirish, pedagoglarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi malaka oshirish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
📅 2026-yil sentyabr oyida malaka oshirish o‘quv jarayoniga xorijiy ta’lim muassasalarining yetakchi mutaxassislari jalb etildi.
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi — MIFI universiteti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Pavel Yurevich Lionov
🇲🇾 Malayziya — Universiti Teknologi MARA universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Muhammad Kamaruzzaman
ishtirokida “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi tinglovchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
📚 Mashg‘ulotlarda jahon iqtisodiyotining dolzarb muammolari, zamonaviy iqtisodiy jarayonlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
🗓 11-sentabr — Pavel Yurevich Lionov tomonidan
2 akademik soatlik oflayn mashg‘ulot
🗓 16-sentabr — Muhammad Kamaruzzaman tomonidan
2 akademik soatlik oflayn mashg‘ulot
🤝 Xorijiy professor va mutaxassislarning o‘quv jarayoniga jalb etilishi pedagoglarning xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
🌐 Xalqaro hamkorlik — zamonaviy ta’lim va yuqori sifatli mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
📍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Xalqaro tajriba. Zamonaviy bilim. Yangi imkoniyatlar.