TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Kerakli ma’lumotga tezroq

Nimani izlayapsiz?

Yangilik, kurs nomi yoki hujjat bo‘yicha qidiring.

NAZARIY BILIMLAR – AMALIY TAJRIBA BILAN MUSTAHKAMLANMOQDA!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tahsil olayotgan oktabr oyi Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi tinglovchilari uchun ham amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

📍 21-oktabr kuni tinglovchilar O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasiga ko‘chma mashg‘ulot doirasida tashrif buyurdilar.

Tashriflar davomida tinglovchilar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, amaliy ish jarayonlari, moliyaviy hisobotlarni yuritish, auditorlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hamda sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.